Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

 Byuroning Norin tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan navbatdagi profilaktika tadbirlari samara berib,  oilalarga quvonch qaytdi.

 Tumanning Uchtepa mahallasida yashovchi  A.Xudoyberdiyev va S.Xudoyberdiyevalar arzimas sabab ajrashib ketishgan edi. O‘rtada 4 nafar farzand ona qaramog‘ida qolgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan norasidalar uchun A.Xudoyberdiyevdan aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga olingan va aliment mablag‘lari undirib berilayotgan edi. Albatta, davlat ijrochisi tomonidan ajrab ketgan ushbu oilani yarashtirish bo‘yicha ham tushuntirishlar muntazam olib borilmoqda. Kuni kecha esa navbatdagi targ‘ibotdan so‘ng oila yarashtirilib, yaqinlariga ham quvonch ulashildi.

Yoki bo‘lmasa, bo‘lim ish yurituvida Z.Shamsiddinovdan undiruvchi N.Shamsiddinova foydasiga har oyda topgan daromadidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud. Ushbu oila 2016-yil mart oyidan beri birga yashashmasligi, aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorlik esa 01.09.2020 yil holatiga 27.415.867 so‘mni tashkil etgan.

Qarzdor ota va undiruvchi bilan olib borilgan navbatdagi profilaktik suhbat foyda berib, ushbu oila yarashishga ahd qilishdi. Asosiysi, uch nafar voyaga yetmagan farzandlar endi ota-onasi qaramog‘ida voyaga yetishlari ta'minlandi.

Byuroning Norin tuman bo‘limi tomonidan oilalarni yarashtirish ishlari davom etmoqda.

                                                                                                                             Sherali Mamarizaev,

MIB Norin tuman bo‘limi boshlig‘i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech