Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Joriy yilning 19 sentyabr' kuni ijtimoiy tarmoqlarda “7 iyuldan bo‘shadik, ammo va'da qilingan ishdan darak yo‘q” sarlavha ostida xabar joylashtirilgan.

Murojaatda Majburiy ijro byurosining Kosonsoy tuman bo‘limining sobiq davlat inspektorlari xanuzgacha gaz va elektr ta'minoti korxonasiga ishga joylashmagani, qonunan belgilangan mukofot puli va ishdan bo‘shatish nafaqasi ham berilmaganini bayon etishgan.

Mazkur murojaatda ko‘tarilgan masalalar o‘rganilganida quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.06.2020 yildagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan, Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limining energiya resurslari va maishiy chiqindilar bo‘yicha qarzdorlikni undirish va nazorat qilishga mas'ul bo‘lgan 34 nafar xodimlarga joriy yilning 19 iyun' kuni rasman yozma ravishda ogohlantirish xatlari berilgan.

Shuningdek, Farmonning 4-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan talablarga asosan Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limining sho‘'ba inspektorlari hamda davlat inspektorlarini ish bilan ta'minlash maqsadida, ta'minotchi korxonalar ishtirokida joriy yilning 22 iyun', 3 iyul' va 9 sentyabr' kunlari bo‘lim binosida sobiq davlat inspektorlari bilan  muloqot qilinib, ta'minotchi korxonalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan.

Bundan tashqari, 2020 yil 18 sentyabr' kuni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida sobiq davlat inspektorlari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, xodimlarning muammolari eshitildi. Yig‘ilish davomida o‘rtaga tashlangan muammolar joyida bartaraf etildi.

Shuni ma'lum qilamizki, 19 sentyabr' kuniga qadar sobiq xodimlarning 21 nafari ishga joylangan. 13 nafari esa taklif etilgan ish o‘rinlarini rad etishgan.

Shuningdek, mehnat qonunchiligiga asosan Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limining 23 nafar davlat inspektorlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘liq qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlandi.

Majburiy ijro byurosining markaziy apparati mas'ul xodimlari, shuningdek, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi bu kabi masalalar qolaversa, mehnat qonunchiligiga amal qilinishi, ish haqi va  boshqa to‘lovlarning to‘lanishi masalalar bo‘yicha  - Majburiy ijro byurosining markaziy apparati mas'ul xodimlari murojaatlarni qabul qilish hamda tushuntirish berishga tayyor ekanini bildirib qoladi.

Murojaat uchun telefon raqamlari:

(71-207-11-72, 71-207-11-98, 69-228-82-83)

                                                                             

Majburiy ijro byurosi

Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech