Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


                Sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta'minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste'molchilik holatlarining oldini olish Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalaridan biridir. Byuroning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan bu borada tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

 

                Xususan, jori yilning o‘tgan 8 oyi yakuni bilan bo‘lim tomonidan umumiy miqdori 28 mlrd 854 mln so‘mlik 7538 ta ijro hujjatlari tamomlandi.

Bo‘lim tomonidan aliment undiruv bilan bog‘liq ijro xujjatlari ijrosini ta'minlash, undiruvchilar foydasiga mablag‘larni undirib berish borasida ham ishlar olib borilmoqda. 

                Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2015 yil 14 mart kunidagi qaroriga ko‘ra Qurbonov G‘ulomjondan undiruv Shahnoza Dadamirzayeva foydasiga ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan aliment mablag‘ini vaqtida undirish choralari ko‘rib kelinmoqda. O‘z o‘rnida qarzdorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam  bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgani tushuntirib o‘tildi. Fuqaro G‘.Qurbonov o‘z farzandi voyaga yetgunga qadar aliment mablag‘ini to‘lashini so‘rab ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish haqida ajrim chiqarib berishni so‘raydi. Mazkur murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

                Yoki bo‘lmasa, bo‘lim ish yurituviga olingan pandemiya davrida karantin qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan ma'muriy jarimalarni davlat foydasiga undirilishi ham ta'minlanmoqda. Jumladan, o‘tgan davrda 85 mln so‘mlik ma'muriy jarimalar undirildi. Tijorat banklari foydasiga undirish bilan bog‘liq jami 2 mlrd 100 mln so‘mlik ijro hujjatlari ijrosi amalda tamomlandi.

                                                                                                              Jahongir Rahimov, MIB Mingbuloq tuman bo‘limi boshlig‘i

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech