Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir hisoblanib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbaidir.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan, so‘ngi bor sobiq itifoq davrida 1989 yilda o‘tkazilgan. Bir qator mamlakatlarda aholini ro‘yhatga olish tadbiri kamida o‘n yilda bir marotaba o‘tkazilishi ananaga aylangan.

Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.

Aholini ro‘yhatga olish 2015 yil 10 iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yhatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyusiyasi qabul qilingan va unda tashkilotga a’zo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yhatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.

YUqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasida “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 611-sonli Qonuni 5 ta bob va 31 ta moddadan iborat bo‘lib, aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

MDH davlatlarining aholini ro‘yxatga olish ishlari: 2019 yilda Ozarbayjon (1-10 oktyabr) va Belorussiya (4-30 oktyabr);

2020 yil Qirg‘iziston, Armaniston, Rossiya, Tojikiston, Ukraina hamda Qozog‘iston Respublikalarida;

2022 yil O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalarida;

2023 yil Moldova Respublikasida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mamlakat aholisini ro‘yhatga olish tadbiri Belarus Respublikasida 2019 yil o‘tkazilib, joriy hisob bo‘yicha 1 oktyabr holatiga mamlakat aholi soni 9 454 790 kishi, aholini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra 9 413 446 kishini tashkil etgan.

Mamlakatimizda aholini ro‘yhatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4796-sonli Qarori qabul qilindi. Qaror mazmuniga ko‘ra, aholini ro‘yhatdan o‘tkazish ishlarini tashkil etish uchun Davlat statistika qo‘mitasiga ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun 65 ta qo‘shimcha shtat birligi yani markaziy apparatda— 17 ta shtat birligi hamda hududiy boshqarmalarda—48 ta shtat birliklari ajratildi.

Mamlakat aholisini ro‘yxatga olish jarayonlari ro‘yxatga olinadigan shaxslar: O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; chet-elga xizmat safariga, ta’lim olishga, dam olishga, davolanishga, mehmonga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida ish yoki o‘qish maqsadida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va uysizlar hisoblanadi;

Ro‘yxatga olinmaydigan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyasidan o‘tgan: Xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, elchixonalari, konsullik idoralarining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyoz va immunitetga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va ularning oila a’zolari hamda xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda ishlovchi chet el fuqarolari va ularning oila a’zolarihisoblanadi.

Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda 2 ta usullardan foydalaniladi: birinchi usul – qozoz shaklda (asosiy usul) yani savolnomalar bevosita uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali to‘ldiriladi, ikkinchi usul – internet tarmog‘i orqali barcha xohlovchilar savolnomalarni Davlat statistika qo‘mitasining aholi.stat.uz rasmiy veb-cayti orqali elektron shaklda to‘ldirishlari mumkin.

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish ishlari sinov tariqasida 2021 yil noyabr-dekabr oylarida Toshkent viloyati YUqorichirchiq tumani va Toshkent shahrining YAshnobod tumanida o‘tkazilishi hamda 2022 yil noyabr-dekabr oylarida Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Namangan viloyat statistika boshqarmasi

Ro‘yxatga olish jarayonlarini
tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech