Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Viloyat rahbari bu haqda Namangan shahridagi 50-umumta'lim maktabida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvi davomida ma'lum qildi.

 

—Uylarning buzilishi aholi uchun tashvish va qiyinchiliklar tug‘dirishi bor gap. Namangan shahriga qo‘shni tumanlar hisobidan 3800 gektar yer maydoni qo‘shib berildi. Biz yangi qurilishlarni shu hududlarda olib boramiz. Marg‘ilon ko‘chasida esa yo‘llar ta'mirlanib, yangi lotoklar o‘rnatilib, ko‘chalarning yorug‘ligi ta'minlanadi. Bundan fuqarolarimiz ham chetda turmasligi kerak. Ular xonadonlari obodligi, ko‘rkamligini ta'minlashlari, jinoyatchilikni jilovlashda hissalarini qo‘shishlari zarur, — dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

 

Yig‘ilganlar viloyat rahbarining mazkur qarorini olqishlar bilan qarshi oldi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech