Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Mazkur mahallada 3,3 ming aholi istiqomat qiladi. Bu yerda aholi asosan elektr ustunlarining yaroqsizligi, yo‘llar holati va ichimlik suvi quvurlari tortilmaganligidan aziyat chekishi ma'lum bo‘ldi.

 

Viloyat rahbari ko‘rsatmasi bilan barcha eski elekt ustunlari yangilanadigan, yo‘llarga asfalt bosiladigan va 1,2 kilometr masofaga suv tarmog‘i tortib kelinadigan bo‘ldi.

 

—Tumandagi 4 ta sektordan har biriga 500 mln so‘mdan jami 2 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu mablag‘lar sharoiti nochor mahallalarda infrastrukturani yangilash uchun ishlatiladi. Albatta, bu ishlarda mahalliy mutasaddilar va aholi ham chetda turmasligi zarur. Ya'ni, sarflangan 500 mln so‘m 1 mlrd so‘m bo‘lib qaytishi kerak, —dedi viloyat rahbari.

 Uchqo‘rg‘on tumanidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech