Chop etish

Kosonsoydagi xalq bilan muloqotning ikkinchi manzili Bahoriston mahallasi bo‘ldi. Bu yerda ham aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammo toza ichimlik suvi masalasi bo‘lib, uning bartarafi ertadan bo‘ladigan bo‘ldi.

 

Mahallaga 5 kilometrdan ichimlik suvi tortiladi, Kosonsoydan keladigan katta ariqni betonlab, suv isrofini kamaytirish bo‘yicha berilgan taklif ham viloyat hokimi tomonidan ma'qullandi.

 

 

Uchrashuv avvalida mahallada davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etilgan maktabgacha ta'lim muassasasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.