Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Chust ko‘cha va Chak mahallalariga toza ichimlik suvi tortish,  transformatorni yangilash,  elektr sim ustunlarni o‘rnatish ishlari viloyat byudjetidan ajratilgan bir milliard so‘m mablag‘ evaziga ertadan boshlanadigan bo‘ldi.

 

Chak mahallasidagi uchrashuv 27-maktabga belgilangan ekan.  Ta'lim dargohiga kirgan inson borki,  bahru dili ochiladigan darajada go‘zallika guvoh bo‘ldi. Gulzorga ekilgan geran,  kartoshkagul va qiyogullar kech kuzga qadar qiyg‘os ochilib turar ekan.

 

- Barcha maktablarda shunday go‘zallik bo‘lishi kerak. Farzandlarimiz shunday ko‘rkam dargohlarda ta'lim olishi kerak. Namangani gullar shahri deymiz, bu maskan esa gullar maktabi ekan,- dedi viloyat rahbari

Mahalla kayvonisi Mavluda aya Qo‘shmatovaning mahallaga kutubxona tashkil etish taklifi viloyat rahbari tomonidan ma'qullandi. Qurilish ishlariga viloyat byudjetidan mablag‘ ajratildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech