Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov MIB xodimlari harakatiga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘yib, vafot etgan ayol xonadoniga bordi.

 

Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi “Istiqbol” mahallasida bo‘lib, marhuma Gulandom Dadaboyevaning yaqinlariga ta'ziya bildirdi. Uning 15 va 12 yashar o‘g‘illari munosib sharoitlarda voyaga yetishlarida har tomonlama ko‘mak berilishini ta'kidladi.

 

—Mazkur holat bo‘yicha hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ularning natijasi bo‘yicha vaziyatga qonuniy, huquqiy baho beriladi va bu haqda albatta jamoatchilikka ma'lum qilinadi, — dedi viloyat hokimi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 29-sentabr kuni Namangan shahrida istiqomat qilgan 35 yoshli Gulandom Dadaboyeva ijro harakatlari davomida o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgandi.

 

Ayol 30-sentabr kuni tanasining 80 foizdan ortiq kuyish tan jarohati oqibatida RSHTYIM Namangan filialida vafot etdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech