Ahmadjon Mamadjanov Namangan viloyati hokimining yordamchisi etib tayinlandi.

 

U 1989-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2011-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini 2011-yilda Namangan shahridagi “Adjama” kompaniyasida menejerlikdan boshlagan.

 

2013—2020 yillarda Namangan shahar hokimligi ish yurituvchi-kadrlar inspektori, shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi 1-toifali mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

 

2019—2020 yillarda Namangan shahar hokimining yordamchisi bo‘lgan.

 

2020-yil 18-maydan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining yordamchisi bo‘lib ishlab kelayotgandi.

 

Ahmadjon Mamadjanov viloyat hokimining 2020-yil 5-oktabrdagi farmoyishi bilan Namangan viloyati hokimining yordamchisi etib tayinlandi.