Chop etish

Viloyat rahbari Kosonsoydagi o‘rganishlari davomida O‘zbekiston mahallasida  yangi bunyod etilgan «Mahalla markazi»da bo‘ldi.

 

Kuni kecha ishga tushirilgan tikuvchilik korxonasida 20 nafar «temir daftar» ro‘yhatidagi oila vakillari  mehnat va qoniqarli maosh bilan ta'minlandi.

Shuningdek, xotin-qizlarga gilam, jun ro‘mol to‘qishini o‘rgatish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etilib, kerakli dastgohlar o‘rnatildi.

 

Viloyat rahbari «Yangi bahor shabodasi»  oilaviy korxonasi rahbarlari Abduqayum ota Abdullaev va Ra'no aya Abdumajidovalar bilan suhbatda faoliyatlarini rivojlantirishlari uchun har qanday ko‘mak berishga tayyorligini ma'lum qildi.

 

- Butun Namangan ayollari Siz ishlab chiqargan jun ro‘mollarni o‘raydi. Mahsulotingizni bozorgir bo‘lishiga yordam beramiz. Avval ichki bozorni to‘yintirib,  keyin eksportni yo‘lga qo‘yishingiz mumkin,- dedi viloyat rahbari.