Mingbuloq paxtakorlari 2020-yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma rejasini 100,09 foiz, ortig‘i bilan bajardi.

 

2020-yil rejasiga ko‘ra, mingbuloqlik paxtakorlar davlatga 35 050 tonna paxta xom ashyosini topshirishi belgilangandi.

 

9-oktabr holatiga ko‘ra, hududdagi jami 298 ta fermer xo‘jaligi rejani 100,09 foizga bajarib, 35083 tonnalik xirmon ko‘tardi.

 

Paxta rejasini bajarish bo‘yicha Mingbuloq tumani viloyatda Chortoq tumanidan keyin ikkinchi bo‘ldi.

 

Tumanda joriy yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari uyushqoqlik bilan jadal sur'atlarda o‘tkazilmoqda. Bunda nafaqat fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari ishchi-xizmatchilari, ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha daromad topish istagida bo‘lgan mahalliy aholi va hasharchilar ham faol ishtirok etmoqda.