Chop etish

Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

A.Mavlonov 1975-yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

 

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

2018-yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida Bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.

 

Akmalxo‘ja Mavlonov 2019-yil iyulidan beri Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

Namangan viloyat hokimligi Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonovga yangi mas'ul lavozimdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.