Mamlakatimizda ehtiyojmand oilalarning mehnatga layoqatli a’zolarini ish bilan bandligi ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida qator vazifalar belgilab berildi.

 Xususan, viloyatda ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantitrilib “Temir daftar”ga 24 382 ta oila (39 468 nafar mehnatga layoqatli a’zolari) kiritilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida sektor rahbarlari tomonidan ehtiyojmand oilalarni qayta xatlovdan o‘tkazish natijasida 9 852 ta oila (6 888 nafar mehnatga layoqatli a’zolari) yangidan “temir daftar”ga ro‘yxatga olindi.

 

Joriy yilning 1-avgust holatiga bandligi ta’minlangan va doimiy daromad manbayi yaratilganligi munosabati bilan sektor rahbarlarining tavsiyasi hamda oila boshlig‘ining bu to‘g‘risidagi yozma murojaati asosida xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining qarorlari bilan 13 849 ta oila (23 726 nafar mehnatga layoqatli a’zolari)ni “temir daftar”dan chiqarildi.

 

Joriy davrga kelib, viloyatda "Temir daftar"dagi 34 234 ta ehtiyojmand oilalarning 40316 nafar mehnatga layoqatli a’zolari bandligi ta’minlandi.

Namangan shahar va barcha tumanlarning ulushlari quyidagicha

  • Namangan shahrida- 82%
  • Mingbuloq tumanida- 85%
  • Kosonsoy tumanida- 80%
  • Namangan tumanida- 92%
  • Norin tumanida -96%
  • Pop tumanida- 83%
  • To‘raqo‘rg‘on tumanida - 94%
  • Uychi tumanida - 86%
  • Uchqo‘rg‘on tumanida - 87%
  • Chortoq tumanida - 99%
  • Chust tumanida - 90%
  • Yangiqo‘rg‘on tumanida - 91%

 

Bugungi kunda, viloyatda kam daromadli, ehtiyojmand 20 385 ta oila (22 630 nafar mehnatga layoqatli a’zolari) “temir daftar” ro‘yxatida qolmoqda.

 

Yil yakuniga qadar, viloyat, shahar va tumanlar 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “Temir daftar”dagi oilalarning mehnatga layoqatli ishsizlariga munosib ish o‘rinlari yaratish bilan birga, yetarli daromad manbayi bilan ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita” ishlab chiqilgan.

Mazkur “Yo’l xarita” asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

 

Namangan viloyati Iqtisodiy

taraqqiyot bosh boshqarmasi