Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Bizning zaminimiz Allohning rahmat nazari tushgan, butun insoniyatning faxri bo‘lgan buyuk zotlarning vatanlaridur. Ularning adadini sanab adog‘iga yetib bo‘lmas. Mufassirlar deysizmi, muhaddislar deysizmi, faqihlar deysizmi,  tariqat-tasavvuf peshvolari deysizmi, islom olamining imomlari yashagan va ularning hoklari abadiy qo‘nim topgan makondir.

 

Bu jihatdan olib qaraganda yurtimizda ziyorat turizmini taraqqiyotning «o‘sish nuqtasi»ga aylantirsa bo‘ladi.

- Buning uchun To‘raqo‘rg‘onda ulkan imkoniyatlar mavjud. Axsikentda buyuk tarix o‘z bag‘riga chorlaydi. Axsi qishlog‘ida Temuriylar davri madaniyati ko‘milib yotibdi. Yakkatom mahallasi barpo etilayotgan Axsi sayyidlari ziyoratgoh kompleksi tumanning tashrif qog‘oziga aylanadi. Bobur Mirzoning otalari Umarshayx Mirzo barpo etgan shahar,  qishloq ostida ko‘milib yotibdi. Bu joyda Mahdumi A'zam hazratlarining katta bobolari Sayyid Burxoniddin, u kishining avlodlari XVII asrda yashab o‘tgan naqshbandiya tariqati pirlaridan Xojayi Kalon Abdulmoniy Abulma'oniy Axsaviy-Namongoniyning maqbaralari bor.

 Fayzobod mahallasida esa Qoraxoniylar davriga oid shahar qoldiqlari, o‘sha davr buyuk zotlaridan biri bo‘lgan Abdulloh Surayyoning mangu qo‘nim topgan ming yilllik mozorlari bor.

So‘nggi uch oy ichida arxeologiya bo‘yicha tarix fanlari doktori Abdulhamid Anorboyev boshchiligidagi olimlar yuzlab noyob topilmalarni topishdi.

Shuningdek, Shahanddagi Xo‘ja Ahmad valiy ziyoratgohida ham ulkan qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi,- deydi tuman rahbari,  - Nafaqat turizmda,  balki barcha sohada tumanni O‘zbekistonda eng namunali hududga aylantiramiz.

 

Darhaqiqat, tumanda o‘zgarishlar katta.  Fan va maorif deysizmi,  tadbirkorlik va qurilish deysizmi,  yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash deysizmi, amaliy ishlar bor.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech