«Namanganga bundan yuz ellik  yil avval texnologiyani, ilk fotoapparat va boshqa ashyolarni  olib kelgan buyuk ma'rifatparvar,  elparvar Qodirxo‘ja Eshon hovlisi ilm-fan,  ma'naviyat,  turizm markaziga aylanadi» - viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ushbu me'moriy obida bilan tanishdi, rekonstruksiya uchun loyiha takliflariga qo‘shimchalar kiritdi.

 

- Me'moriy kompleks tarixiyligini yo‘qotmasligi kerak. Gipsokarton, profildan umuman foydalanilmasin. Asl holat saqlansin.

Bu yerda muzey, kutubxona, Wi-Fi zona tashkil etamiz. Yoshlarning sevimli maskaniga aylantiramiz,- dedi viloyat rahbari.

 

Tarixiy hovli ichiga va yoniga madaniy meros konvensiyalariga zid ravishda qurilgan ikki bino buzib tashlanadigan bo‘ldi.