Shimoliy Farg‘ona kanalining chap sohilida, Afsonalar vodiysi tematik parki bilan yondosh so‘lim go‘shada  joylashga O‘n bir Ahmad ziyoratgoh majmuasida bugun qurilish ishlari avjida.

 

Kanal ustiga me'moriy yechimi jihatidan O‘zbekistonda o‘xshashi yo‘q,  honaqoh sig‘imi 4,5 ming,  umumiy sig‘imi 15 ming namozxonga mo‘ljallangan Jome masjidi va ziyoratgohni bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik barpo etiladi.

 

- Har bir ishga mukammallik bilan yondoshish lozim.  Bu maskan ziyorat turizmi maskaniga aylanishi,  insonlarni ma'nan halovat topadan joyi bo‘lishi kerak.  Yuqoridan katta sharshara quramiz,  undan tushgan suv katta ariq bilan yondosh hovlilarga chiqib ketadi.  O‘rtada katta fontan ham dizayn jihatidan o‘ziga xos bo‘ladi,  - dedi viloyat rahbari.