Mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun keng imkoniyat berish maqsadida 2020/2021 o‘quv yilida xotin-qizlar uchun oliy ta'lim muassasalariga berilgan grant o‘rinlarining 4 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat granti ajratildi.

 

Namangan shahridagi "Yoshlar markazi"da ana shunday imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan 76 nafar qizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Iroda Qo‘chqorova, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Tohirjon Karimov tomonidan talabalikka qabul  qilingan qizlarga samimiy tabriklar yo‘llandi va guldastalar taqdim etildi.