Chop etish

Chortoq tumanidagi “Dehqonobod mahallasi”, “Mehribonlik” ko‘chasida 30 dona tayanch ustun o‘rnatilib, bir kilometr uzunlikda 0,4 kVli zamonaviy SIP kabel tortildi.



“Jilvakor” ko‘chasiga o‘rnatilgan yangi tayanchlarga 0,8 kilometrli, “Xazina” ko‘chasiga esa 0,6 kilometrli havo tarmoqlari tortildi.

Tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh “Bog‘iston” mahallasi,  Navro‘z ko‘chasiga ham tayanch ustunlar o‘rnatilmoqda.

— Qishning qirovli kunlari yaqin. Bu kunlarda past kuchlanishli, vaqtinchalik ustunlarda elektr tortilgan hududlardagi aholiga qiyin bo‘ladi. Bor imkoniyatni ishga solib, bunday muammo mavjud joylarda vaziyatni o‘nglash kerak, — degan edi viloyat rahbari Chortoq tumanidagi o‘rganishlari chog‘ida.