Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan soliq undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Jumladan, bo‘lim ish yurituviga ”Mirishkor” MChJdan davlat boji, soliq qarzdorligini majburiy tartibda undirish to‘g‘risida ijro hujjati olingan. Davlat ijrochisi tomonidan  qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, jamiyat mutasaddilari bunga sovuqqonlik bilan qarashdi shekilli, qarzdorlik to‘lanmadi.

Ish endi majburiy undiruvga qaratildi.Ya'ni, davlat ijrochisi tomonidan jamiyatga tegishli bo‘lgan bino inshootlar qarzdorlik evaziga xatlanib, auksion savdolariga chiqariladi.

Shundan keyingina jamiyat ma'sullari salkam 190 mln. so‘m miqdorida davlat boji, soliq karzdorligi, ijro yig‘imi hamda jarima naqd ko‘rinishda to‘landi. Ijro hujjati tamomlandi.

Ulug‘bek Abduraxmonov,
MIB Namangan tuman bo‘limi boshlig‘i