Pop tumanida joriy yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari uyushqoqlik bilan jadal sur'atlarda o‘tkazilmoqda. Bunda nafaqat fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari ishchi-xizmatchilari, ixtiyoriy ravishda qo‘shimcha daromad topish istagida bo‘lgan mahalliy aholi va hasharchilar ham faol ishtirok etmoqda.

 

Viloyat rahbari tumanning “Yuksalish” MMTP hududidagi “Art Soft Progress” hamda “Nayman” MMTP hududidagi Burxon Baxtiyor Pop fermer xo‘jaligida bo‘lib, terimchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida viloyat rahbari  ilg‘or terimchilarga sovg‘alar  topshirib, minnatdorligini bildirib o‘tdi.

 

Ma'lumot uchun, poplik mirishkorlar bugungi kunga kelib davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini 91,37 foizga bajardi.