Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


«Namanganda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida barcha muammoni xal etamiz. Shaharda katta loyiha tadbiq etilishi jarayoni boshlandi. Chekka qishloqlarda bu boradagi muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etyapmiz» - viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov.

 

Namangan shahridagi oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish va ekspluatasiya qilish loyihasining tender jarayonida Janubiy Koreya, Italiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning 23 ta ilg‘or kompaniyasi qatnashishi kutilmoqda.

 

 

Tender yakunlari bo‘yicha videokonferensaloqa rejimida uchrashuvida xorijiy  kompaniyalar vakillariga tenderning keyingi bosqichi – dastlabki saralash jarayonlari va takliflarni yuborish shartlari haqida tushunchalar, barcha savollarga batafsil javob berildi.

 

Tender bo‘yicha dastlabki saralashga ariza berish muddati:

onlayn shaklda 2020-yil 9-noyabrgacha,

 qog‘oz holatda 2020-yil 23-noyabrgacha etib belgilangan.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech