Chop etish

Mamlakatimizda xizmatlar sohasi faoliyatini rivojlantirish va diversifikatsiyalashni ta’minlash hamda ko‘rsatadigan xizmatlarning raqobatbardoshliligi va sifatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Xizmatlar sohasi juda tez rivojlanib borayotgan iqtisodiy tarmoq bo‘lib, uning YAIM ulushi (38,8 %) yildan-yilga oshib bormoqda, bunga sabab xizmatlar sohasining xilma-xilligi va tez o‘zlashtirib qisqa vaqt ichida amaliyotga joriy etilayotganligidadir.

 

Viloyatda jami 30,0 ming ta yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yhatdan o‘tgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 7 361 tasi xizmat ko‘rsatish sohasini tashkil etadi.

 

Shu o‘rinda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020 yil 16 iyuldagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4752-son qarori doirasida kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib berilishi belgilab qo‘yilgan.

 

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga xususan, maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlari bundan mustasno) va jihozlash xarajatlari uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha bir milliard so‘mgacha bo‘lgan miqdorda ajratilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratilishi alohida belgilab qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tish joiz.

 

Dastur doirasida viloyatda bo‘yicha jami 248 ta loyihaga
80,0 mlrd.so‘m bank kreditlari ajartish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda 214 ta loyihaga 75,6 mlrd.so‘m bank kreditlari ajratildi.

 

Namangan viloyati Iqtisodiy

taraqqiyot bosh boshqarmasi