Chop etish

Joriy yilning 12-oktyabr kuni davlatimiz rahbari raisligida intellektual mulk obyektlari muhofazasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish, shuningdek hududlarning intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha hozirgi kundagi holati va istiqboldagi rejalarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi rahbariyati tomonidan joylarga chiqqan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari, joylardagi mutasaddi xodimlar hamda tadbirkorlik subyektlari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday amaliy uchrashuvlarning navbatdagisi bugun Namangan viloyatida o‘tkazildi.

 

Kunning birinchi yarmida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligining investisiya va tashqi savdo, soliq, moliya boshqarmalari kabi bir qator tarkibiy bo‘linmalar mas'ul xodimlari, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari professorlari, yirik eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etishdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida agentlik hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan bevosita joylarga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

 

O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida tadbirkorlik faoliyati subyektlariga intellektual mulk obyektlarini ro‘yhatdan o‘tkazish va  muhofaza qilish ahamiyati, ularning kompaniya imidjini yaratishda tutgan o‘rni haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Viloyat adliya boshqarmasi