Chop etish

Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2020-yil 1-oktyabr holatiga 2 mln 852,3 ming kishini tashkil etib, 2020-yil boshidan 41,5 ming kishiga yoki 1,5 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln 843,2 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,6 %), qishloq aholisi soni 1 mln 9,1 ming kishini (35,4 %) tashkil etdi.

 

Namangan viloyatining hududlar bo‘yicha doimiy aholisi soni:

Namangan sh. – 636,5 ming kishi

Mingbuloq – 127,7 ming kishi

Kosonsoy – 211,7 ming kishi

Namangan – 181,4 ming kishi

Norin – 165,3 ming kishi

Pop – 221,7 ming kishi

To‘raqo‘rg‘on – 228,9 ming kishi

Uychi – 215,6 ming kishi

Uchqo‘rg‘on – 173,8 ming kishi

Chortoq – 201,1 ming kishi

Chust – 268,0 ming kishi

Yangiqo‘rg‘on – 220,6 ming kishini tashkil etdi.

 

Viloyat statistika boshqarmasi