Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan banklar foydasiga kredit mablag‘larini undirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, bo‘lim ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 17.08.2020-yildagi 2-1602-2004/637 sonli ijro hujjatiga asosan qarzdor “Tepaqo‘rg‘on savdo qurilish” MChJ va qo‘shimcha javobgarlar “Toshbuloq qurilish” MChJ hamda G‘ofurov Bahtiyordan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” Namangan filiali foydasiga jami 141.615.00 so‘m  kredit qarzdorlik undirish belgilangan. Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, qarzdor jamiyat kredit mablag‘ini bartaraf etmagani uchun ijro harakatlari davomida qo‘shimcha javobgar nomida bo‘lgan SHAANXI SX3254DR384 rusumli davlat raqami 50S225GA bo‘lgan yuk avtomashinasi aniqlangan va  davlat ijrochisi tomondan xatlangan.

Transport vositasiga xatlangandan so‘ng, qarzdor tomondan 141.615.000 so‘m to‘liq to‘lab berildi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

 

Elyorbek Rahimov,

MIB Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi