Chop etish

Byuroning Norin tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida fuqaro U.Ergashev 2 nafar farzandining voyaga yetgunga qadar 62,5 mln so‘m aliment mablag‘ini to‘lab berdi.

 Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta'minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam  bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Byuroning Norin tuman bo‘limi tomonidan aynan qaror bilan tasdiqlangan nizom talablaridan kelib chiqqan aliment to‘lovchilar bilan tushuntirishlar olib borilmoqda. Natijada, joriy yilning o‘tgan davrida 10 nafardan ortiq fuqarolar farzandlarining voyaga yetgunga qadar mablag‘larini to‘lab berishdi va ijro hujjatlari tamomlandi.

Bundan tashqari davlat ijrochilari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, ajrashgan oilalarni yarashtirishga erishilmoqda.

Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sud qaroriga  asosan qarzdor Xudoyberdiev Donyordan undiruvchi Xudoyberdiyeva Muniraxon foydasiga 1/4 qismda aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga olingan va kuni kecha ushbu oila bilan olib borilgan tushuntirishlardan keyin er-xotin yarashishdi. Belgilangan tartibda ijro hujjati tamomlandi.     

 

Izatilla Xusanboyev,

MIB Norin tuman bo‘limi davlat ijrochisi