Chop etish

 Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oy yakuni bo‘yicha, Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 116,8 ming tonna go‘sht ishlab chiqarilgan. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda go‘sht ishlab chiqarish hajmi 3,6 % ga oshgan.

 

2020-yil yanvar-sentyabr oylarida hududlar kesimda go‘sht ishlab chiqarish bo‘yicha eng yuqori ulush:

Namangan sh – 28 235 tonna

Yangiqo‘rg‘on – 13 221 tonna

Namangan – 11 159 tonna

Chust – 10 746 tonna tumanlarida qayd etildi.

 

Ma'lumot o‘rnida, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 95,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari xissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Viloyat statistika boshqarmasi