Chop etish

Xalq bilan muloqot o‘rnatish, fuqarolarimizning dard-tashvishlarini eshitish, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimizda xaqchil amaliyot joriy etilgan. Ya'ni, joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar shular jumlasdidandir. 

Ma'lumki, ayni kunlarda viloyatimizda Prezident Administratsiyasi tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlari, mas'ullari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda. Ana shulardan biri kecha Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etildi. Sayyor qabulda Majburiy ijro byurosining mas'ullari ham ishtirok etib, sohaga oid murojaatlarini o‘rganishmoqda.

Dastlab Chustda tashkil etilgan sayyor qabulda Chust, Pop va Mingbuloq tumanlari fuqarolari tomonidan qo‘yilgan masalalar yechimiga javob izlandi.

-Men Pop tumani Anhor mahallasida istiqomat qilaman, deydi sayyor qabulga kelgan fuqaro Yekaterina Kuchashviliy. Bugungi qabulda alimentdan bo‘lgan qarzdorliklarni qayta hisob-kitob qilishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildim va murojaatim shu yerning o‘zida qanoatlatirildi. Buning uchun katta rahmat.

To‘raqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul davomida Byuro organlariga oid murojaatlar bo‘yicha fuqarolar shu yerning o‘zida amaliy yechim topishdi. Masalan, To‘raqo‘rg‘on tumani Oqtosh mahallasida yashovchi fuqaro Oyshaxon Asqarovaning aliment pullarini undirib berilmayotgani yuzasidan yo‘llagan murojaatiga sayyor qabul davomida ijobiy xal etildi.

Umuman olganda, Chust va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib o‘tgan sayyor qabullarda Byuro organlariga oid 20 ta murojaat tinglandi. Shuning 5 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqaroga tushuntirish berildi. Muddat talab etiladigan 11 ta murojaat nazoratga olindi.

Sayyor qabul davom etmoqda.

 MIB Namangan viloyat boshqarmasi