Byuroning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan sud qarori bilan voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment mablag‘larini undirib berish bilan bir qatorda oilalarni yarashtirishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Xususan,  davlat ijrochilar tegishli hamkor muassasalar vakillari, mahalla faollari bilan birgalikda o‘tkazgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri mobaynida turli sabab bilan ajrashib ketgan ikkita oilani yarashtirishga erishildi. Dilshod Teshaboyev va Munojat Xusanovalar arzimas sabab ajrab ketishgan edi.Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qarori bilan 1/3 qism miqdorida Dilshod Teshaboyevdan aliment undirish belgilangan.Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga qabul qilingan va aliment mablag‘lari undirib berilayotgan edi. Olib borilgan targ‘ibot natija berib, ushbu oila byuro tashabbusi bilan yarashishga ahd qilishdi.
Fuqaro Fazlidlin Esonov ham turmush o‘rtog‘i Nargiza Madrahimova bilan ajrashib ketishgan va sud qarori bilan har oyda aliment undirish belgilangan.Mazkur ijro hujjati doirasida olib borilgan ijro harakatlarining navbatdagisida ushbu oilani ham yarashtirishga erishildi.
Asosiysi, Byuroning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan bu yo‘nalishdagi tadbirlar davom etmoqda.

A’zamjon DEHQONOV,

MIB Mingbuloq tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi