Chop etish

Hukumat qarori bilan (710-son, 11.11.2020 y.) O‘zbekistonda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2021-yil 1–25 noyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatga olinadi.

Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023-yil 1–25 - noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

1–5 - noyabrda aholi internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olinadi;
6–10 - noyabrda internet orqali ro‘yxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantiriladi;
11–22 - noyabrda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholi ro‘yxatga olinadi;
23–25 - noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.

Qaror bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.