Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Uchqo‘rg‘on tuman ma’muriy sud binosida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqarolarga nisbatan javobgarlik masalasi qo‘rib chiqildi.     

M.Q Uchqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi. Ayrim sabablarga ko‘ra turmush o‘rtog‘i S. T bilan ajrab ketadi. Qaromog‘idagi 1 nafar farzand ona tarbiyasida qoladi va fuqarlik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan otadan har oyda topgan daromadidan aliment mablag‘lani undirish belgilanadi. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olinadi. Davlat ijrochisi tomonidan farzandi uchun aliment mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lab borilishi tushuntiriladi. Biroq, M. Q bu majburiyatga ma’suliyatsizlik bilan qaraydi va qarzdorlik 24 mln so‘mga borib yetadi. Bo‘lib o‘tgan sud davomida mazkur ish atroflicha ko‘rib chiqilib, taraflar eshitildi. Sudning qarori bilan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

B.G‘ ham voyaga yetmagan farzandlari uchun belgilangan aliment mablag‘larini to‘lamay kelayotgan otalardan biri bo‘lib chiqdi. Bo‘lmasa, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudning buyrug‘i bilan qat’iy belgilangan summani to‘lab kelar edi. Moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor otaning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 38 mln. so‘mni tashkil etadi. Bu bo‘yicha to‘plangan ijro xujjatlari ham atroflicha ko‘rib chiqilib, unga nisbatan ham 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilandi.

Fuqaro O. T ham turmush o‘rtog‘i foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment mablag‘ini to‘laymay kelgani uchun unga nisbatan ham sudning qarori e’lon qilindi. YA’ni, 2 oydan ortiq mobaynida aliment mablag‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun ma’muriy sudning hukmi 10 sutkalik qamoq jazosi  tayinlandi.

Byuroning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan aliment mablag‘larini uz vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlarga nisbatan javobgarlik masalasini hal etilishi davom etmoqda.

                                                 MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech