Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining “SANED” kompaniyasi vakillari talabnomasiga asosan “qo‘riqlash xizmati” (security) sohasiga turli ob'ektlarni qo‘riqlash ishlari bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

Tanlovda Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan ishtirok etgan 84 nafar fuqarolarga ish o‘rinlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Jumladan, ish jarayonlari, shart-sharoitlari, korxonaning ichki tartiblari, ish vaqti hamda oylik ish haqi, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

 

 

Tanlov jarayonida ish beruvchi vakillari tomonidan 20 nafar nomzod tanlab olinib, ularning ingliz tilini qisman o‘zlashtirgan 19 nafari Vazirlik tizimidagi kollejlarda bepul chet tillari o‘quv kursiga yo‘naltirildi.

Shu kuni Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va BAAning «SANED», «AS Unique Human Resourses», «Elite Employment Services» kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Uchrashuvda 15 sentyabrdagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori asosida viloyatda tashkil etilgan «IT School» professional o‘quv markazida BAA bilan hamkorlikda chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasblarga tayyorlash yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “SANED” kompaniyasi vakillari mamlakatimizga tashrifi doirasida “IT Shcool” o‘quv markazi faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan. Maqsad ingliz va arab tilini biladigan, zarur kasb-hunarga ega O‘zbekiston fuqarolarini BAAdagi turli sohalarga ishga jalb qilishdan iborat.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech