Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi  808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.


Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga asosan N.Mirsaydullayevdan undiruvchi N.Rustamova foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment to‘lash belgilangan. O‘tkazilgan targ‘ibot va tushuntirishlar bois fuqaro bo‘limga murojaat qildi. Ya’ni, farzandi voyaga yetguncha qadar aliment mablag‘ni hisob-kitob qilish maqsadida. Qarzdorlik voyaga yetgunga qadar 19 987 500 so‘mni tashkil etdi va  bir yo‘la to‘lab berdi. Shu bilan ijro hujjati tamomlandi.
                     

Zilola Mo‘minova,

MIB Namangan shahar bo‘limi davlat ijrochisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech