Namangan shahri tarkibida yangidan tashkil etilgan tuman hududida 25 ta mahalla fuqarolari yig‘ini, 33850 ta xonadon, 421 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta umumta’lim maktabi, 24 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 1280 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, 698 ta xizmat ko‘rsatish ob’ekti, 429 ta sanoat korxonasi hamda 2 ta madaniy meros obyekti mavjud.



Tuman aholisi 149,6 ming nafarni tashkil etib, Namangan shahar aholisining 23,8 foizini qamrab oladi. Mazkur hudud istiqbolda zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishi hisobiga urbanizatsiya jarayoni jadallashishiga, shuningdek, yangi infratuzilma obyektlari barpo etilishi va aholiga xizmat ko‘rsatish tizimi yanada rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.