YouTube hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali Ibrohim Nishonovning marhum qizi G.Dedebayevaning vafot etganligi bo‘yicha qilgan murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.


M.Dedabayeva va uning qizi G.Dedabayevalarga davlat ijrochisi tomonidan nizoli uydan ixtiyoriy ko‘chish, bosh tortgan taqdirlarida majburiy ijro harakatlarini amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida tushuntirilgan bo‘lishiga qaramay, G.Dedabayeva “benzin” yonilg‘isini ustidan quyib, o‘zini yoqib yuborganligi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu salbiy holatni o‘rganish va tegishli chora ko‘rish maqsadida, shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, MFY raisi hamda boshqa faollar bilan birgalikda 2 marotaba M.Dedabayevalarning xonadoniga borilib, A.Jo‘rayev o‘z da’vosidan voz kechganligi, nizoli bo‘lgan mazkur xonadon ularning nomiga o‘tkazib berilishi haqida tushuntirilgan.
Bundan tashqari, mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi va hokimiyat vakillik organlari xodimlari tomonidan M.Dedabayevaning xonadoniga 2 marotaba borib, nizoli bo‘lgan ushbu xonadonni o‘zining nomiga rasmiylashtirib berilishi taklif qilinganda, M.Dedabayeva bundan bosh tortgan.
Shuningdek, G.Dedabayeva o‘z joniga qasd qilib, vafot etganligi holati yuzasidan marhumaning oila a’zolari tomonidan qilgan murojaatlari to‘liq tekshirilgan va o‘z vaqtida javob xatlari berilgan.
Shu bilan birga, hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlash choralari ko‘rilmoqda, shuningdek Byuroning davlat ijrochisi va boshqa mas’ul xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasi bo‘yicha xodimlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilgan.

 

 MIB Namangan viloyat boshqarmasi