Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra farzandlar moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagan fuqarolarga nisbatan dastlab ma’muriy qamoq, undan keyin ham xulosa qilmay aliment mablag‘ini to‘lamasa jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.


Fuqaro Aziz Ergashev (ismi familiyasi o‘zgartirilgan) dan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan ikki nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadidan 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va qarzdor otaga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Davlat ijrochisi tomonidan A.Ergashevga aliment mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lash tushuntirilgan. Biroq, u bunga panja orasidan qarab, 30 oy davomida surunkasiga aliment to‘lashdan qasdan bo‘yin tovlab keladi. Qarzdorlik esa 21.515.850 so‘mni tashkil etadi. Bu bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga yuborilib, 2020 yilning 17 fevral kuni unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Ammo, qarzdor ota bundan ham to‘g‘ri xulosa qilmay ma’muriy qamoqdan so‘ng ham 11 oy mobaynida aliment qarzdorlikni to‘lamay keladi.
Qarzdor ota moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, jazo qo‘llanilgandan so‘ng ham to‘lamaganligi oqibatida unga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘ldi. 

 

O‘tkir Yunusov,

MIB Namangan viloyat boshqarmasi katta surishtiruvchisi