Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2020-yil yanvar-noyabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 51,4 % ni yoki 404,3 mln.AQSh dollarni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019-yilning mos davriga nisbatan 11,7 % ga oshgan.



So‘nggi uch yilda MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi:
2020-yil - 404,3 mln.AQSh dollar,
2019-yil - 361,8 mln.AQSh dollar,
2018-yil - 270,9 mln.AQSh dollarni tashkil etgan.

2020-yil 1-dekabr holatiga MDH mamlakatlariga eksport hajmi 269,8 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 % ga oshgan. MDH mamlakatlaridan import qilingan tovar va xizmatlar hajmi 134,5 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 % ga ko‘paygan.