Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 19-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi. Unga ko‘ra har yili 8 – yanvar mamlakatimizda Prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. Sana munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida tadbir tashkil etildi.


Shuni alohida qayd etish kerakki, keyingi qisqa vaqt ichida prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirishga doir muhim huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Aynan Prezidentimizning tegishli farmon, qarorlari bilan bundan 4 yil avval Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarini oldini olish kabi muhim vazifalar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, uning shahar va tumanlar bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan  davlat ijrochilari tomonidan mulkiy va nomulkiy xarakterdagi 20 dan ortiq yo‘nalishdagi ijrolar olib borilmoqda. Davlat ijrochilarining ishini to‘g‘ri tashkil qilingani hamda sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal kirib borgani natijasida 2020 yilning o‘zida ish yurituvidagi 156000 ta  ijro ishi  to‘liq ta’minlanib, 535 mlrd. so‘m mablag‘ undirishga erishildi.  
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ortda qolgan yil Byuro organlari uchun yangi davrni boshlab berdi. Boisi, 2020-yilning 24-noyabr kuni Prezidentimizning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Farmonga asosan soha yanada takomillashtirilib, muhim vazifalar belgilab berildi.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga boshqarma tarkibiy tarmoqlar rahbarlari, shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari, sohada fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan bir guruh davlat ijrochilari, xodimlar taklif etildilar. Tadbirda so‘z olganlar yig‘ilganlarni kasb bayram bilan tabriklab, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning samaradorligiga to‘xtalib o‘tdilar. Tadbir davomida fuqaro va tadbirkorlarning manfaatlarini yanada mustahkamlash, sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlashga faol hissa qo‘shayotgan xodimlar munosib rag‘batlantirildi.
Shuningdek, tadbir davomida bir guruh xodimlarga dastlabgi hamda navbatdagi darajali maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi