Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalarning soni 1002 tani tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 469 taga ko‘p.



Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning soni:

Namangan shahri – 238 ta
Mingbuloq tumani – 16 ta
Kosonsoy tumani – 54 ta
Namangan tumani – 122 ta
Norin tumani –26 ta
Pop tumani –16 ta
To‘raqo‘rg‘on tumani – 157 ta
Uychi tumani – 57 ta
Uchqo‘rg‘on tumani – 85 ta
Chortoq tumani – 65 ta
Chust tumani – 47 ta
Yangiqo‘rg‘on tumani – 85 tani tashkil etdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 968 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 445 taga ko‘paygan.