«Raqamli kutubxona»ni tashkil etishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  IT-park hamda soha korxona va tashkilotlari  mutaxassislari katta hissa qo‘shishdi.


Shu bilan birga, bu yerda viloyatdagi navbatdagi o‘n uchinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ham ish boshladi.


Kutubxonada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan IT-markaz o‘quvchilari nafaqat axborot texnologiyalariga doir kitoblar, balki jahon adabiyot durdonalarini ham o‘qishlari mumkin bo‘ladi. Respublikamizdagi barcha IT-markazlar ushbu «Raqamli kutubxona»ga bog‘lanib, bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.

Yangi kutubxonada 30 mingta kitob bo‘lsa, «Raqamli kutubxona» orqali 10 millionta kitobni mutolaa qilish imkoniyati yaratiladi.