Chop etish

Uchrashuvda Namangan viloyati va Hindiston Respublikasi o‘rtasida madaniy-gumanitar va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Muloqot davomida Namangan viloyatining bugungi iqtisodiy salohiyati,  to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarining jahonda tutgan o‘rni borasida ma’lumotlar berildi.

Elchi Manish Prabxat Namanganning iqtisodiy salohiyatini, amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va sifatini yuqori baholadi va turli sohalarda hamkorlik qilish borasida bir necha takliflarini bildirib o‘tdi.

Do‘stona ruhda kechgan uchrashuv yakunida tomonlar fan va texnologiyalar sohasidagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida har tomonlama hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi.