Chop etish

Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.


Sessiyada tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi va tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov tuman hokimligiga shu paytga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Muhammadzokir Mamatxonov nomzodini taklif qildi.

Deputatlar va faollar nomzodni ma’qulladi hamda u haqdagi fikrlarini bildirdi.

M. Mamatxanov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

1998—2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016—2017 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

2018 yildan 2020 yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Muhammadzokir Mamatxonov 2020 yil 16 iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.