Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namanganda Hindistonning dunyoga mashhur MJ Group kompaniyasining moliyaviy ishtirokida yangi formatsevtika korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Mazkur yirik loyihani amaliyotga joriy etish maqsadida viloyat hokimi Xayrullo Bozarov  MJ Group kompaniyasi rahbari va ta’sischisi Lashvantal Shax hamda Marvel Lifesciences Ltdning Rossiyadagi direktori Shakil Ahmedlarni qabul qildi. Suhbat avvalida viloyat rahbari mehmonlarni Namanganga qilgan tashriflari bilan qutladi va viloyatning boy tabiiy imkoniyatlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi haqida gapirib berdi. Hindistonlik tadbirkorlar ham o‘z navbatida nufuzli kompaniyaning  yo‘nalishlari, O‘zbekistonda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalar xususida fikr yuritishdi. Ma’lumki, mazkur kompaniya  Yevropa, Osiyo va Afrika qit’asidagi ko‘plab mamlakatlarida 16 ta sho‘ba korxonalariga ega bo‘lib, dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha dovruq qozongan. Jahonning taniqli kimyoviy kompaniyalari bilan ish olib boradi.

Uchrashuvda ikki tomonlama memorandum imzolash yuzasidan kelishib olishdi.  Aytish lozimki, MJ Group kompaniyasi Namanganda insulin va dorivor substansiyalar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, qiymati 150 million AQSh dollari miqdoridagi yadoximikatlar ishlab chiqaruvchi zavod barpo etish ham ko‘zda tutilmoqda. Samimiy ruhda o‘tgan suhbat yakunida viloyat rahbari mehmonlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech