Muhtaram Prezidentimiz tomonidan  2017- yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon  qilinganligi jamiyatimizning eng kichik bo’g’ini – oilalarning yanada mustahkamlash yo’lidagi ishlarga qanot baxsh etdi.

Mamlakatimiz rahbarining O’zbekiston Respublikasini  2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga  bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig’ilishidagi ma’ruzasi hamda boshqa muhim me’yoriy hujjatlarga asosan Namangan viloyat hokimining “Namangan viloyat mahallarida 2017 yil fevral-mart oylarida “Yarashtirish komissiyasi”  oyligini o’tkazish to’g’risida”gi Qarori Yurtboshimiz tomonidan boshlab berilgan xayrli ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi.

Viloyat hokimining 2017 yil 6 fevraldagi 55-sonli qaroriga asosan viloyatning shahar va tumanlarida joriy yilning fevral-mart oylarida “Yarashtirish komissiyasi” oyligini o’tkazish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib ijrosi yo’lga qo’yildi.

Ushbu qaror asosida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyasining maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari, tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibini yo’lga qo’yish maqsadida viloyatning shahar va tumanlarida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini, barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish davlatimiz ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishi ekanligini hisobga olib hamda qonun hujjatlari, milliy qadriyatlar va mahalliy urf-odatlarga tayangan holda oilalar va mahallalarda huquqbuzarliklar hamda oilaviy nizolarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilalarning muammolarini chuqur o’rganish, nizoli oilalarni muammolarini yetuk mutaxassislar, pedagog-psixologlar ishtirokida tahlil etish, nizoli masalalarda oilalardagi yosh avlod, ya’ni farzandlarning tarbiyasi, ularning kelajagi bilan bog’liq masalalarni muhokama etishda shahar va tumanlardagi voyaga yetmagan ishlar bo’yicha komissiyalarini jalb etish orqali farzandlarni ota-onalaridan ajratmaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlarni tashkil etilmoqda.

Joriy yilning o’tgan davr mobaynida viloyatning shahar va tumanlarida 844 ta oilani yarashtirilishiga erishildi.

Viloyat xotin-qizlar qo'mitasi