Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga 26 mart kunining tongida yetib keldi.

Ekaterinburgda delegatsiyani Sverdlovsk viloyati hukumati rasmiy vakillari hamda «Ural o’zbeklari ittifoqi» rahbari Z.Olloberganovlar kutib olishdi.

Rejaga asosan delegatsiya a’zolari «Universitetskiy» texnoparkiga tashrif buyurishdi. Zamonaviy texniika yutuqlari bilan jihozlangan texnoparkni direktor o’rinbosari M.Nuriev tanishtirdi.

Aytish joizki, mazkur texnoparkdagi o’zaro tajriblar almashilgani nafaqat hamkorlarimiz uchun balki bizning tadbirkorlarimiz uchun ham ahamiyatli bo’ldi.

Shuningdek, kun davomida Yekaterinburgda joylashgan Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti Boris Yeltsin markaziga sayohat uyushtirildi.

Kun yakunida o’zbekistonlik mehmonlar uchun «Ural o’zbeklari ittifoqi» jamoat tashkiloti tomonidan yuqori saviyada madaniy dastur tashkil etildi.

Ekaterinburgda amaliy uchrashuvlar bugun ham davom etmoqda. Kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan Biznes forum va ko’rgazmada ijobiy natijalar kutilmoqda.

Asosiy uchrashuv va muzokaralar bugun bo’lib o’tadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech