Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev 27 mart kuni ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari masalalarini muhokama qilishdi va hududlar o’rtasidagi hamkorlik o’rnatish bo’yicha protokolni imzoladilar.

Muzokaralar va protokol imzolash tadbirlari Namagan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov boshchiligidagi delegatsiyaning O’zbekiston Prezidentining vakolatli vakili Akmal Kamalov ishtirokidagi Sverdlovsk viloyatiga rasmiy tashrifi chog’ida bo’lib o’tdi. 

 «Rossiya Federatsiyasi O’zbekistonning muhim va ishonchli hamkori hisoblanadi. Shu bois hududlar o’rtasidagi hamkorlikka alohida urg’u bermoqdamiz. Bu tashrif – ulkan imkoniyat va salohiyatga ega bo’lgan Sverdlovsk viloyati bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishdagi birinchi qadamimizdir. O’zaro savdo hajmini sezilarli ravishda oshirishdan manfaatdormiz. Turli sohalarda – metallurgiyadan tortib, qishloq xo’jaligigicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyormiz», - ta’kidladi Bozorov.

Evgeniy Kuyvashevning fikricha, mashinasozlik, energetika, tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi, tekstil sanoati sohasidagi o’zaro hamkorlik hamda Namaganda infrastrukturani rivojlantirish bo’yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishning kelajagi porloq.

«Sverdlovsk viloyati Namangan viloyatida ishlab surgan korxonalar va yangi barpo etilayotgan ob’ektlarda ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo’yicha zamonaviy texnik yechimlar taklif etishga tayyor. Bizning tashkilotlarimiz mahsulotlari ham O’zbekiston hukumati davlat dasturlarini hayotga tadbiq etishda asqotishiga ishonaman. Ishonamanki, Sizning bugungi tashrifingiz ikki tomonlama hamkorlikda yangi ufqlarni ochadi», - dedi Sverdlovsk viloyati rahbari

Shuningdek, Kuyvashev Sverdlovsk viloyatining O’zbekiston meva-sabzavoti va poliz mahsulotlariga katta miqdorda ehtiyoji borligini ta’kidlab, bu borada O’rta Ural bozoriga o’zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini importini oshirish bo’yicha qulay mexanizm yaratish taklifini bildirdi.

Xayrullo Bozorov Yevgeniy Kuyvashev taklifini qo’llab-quvvatladi va Namangan Savdo-Sanoat palatasining Uraldagi vakolatxonasi ochilishi bu boradagi birinchi qadam bo’lishini ta’kidladi. Shuningdek, o’zbek mahsulotlarini namoyish qiluvchi shou-rumlar tashkil etish Sverdlovsk bilan savdo aloqalarini yanada kuchaytirishi umid bildirdi.

Uchrashuvdan so’ng Yevgeniy Kuyvashev va Xayrullo Bozorov hamkorlik o’rnatish bo’yicha protokol imzoladilar. Ushbu hujjat orqali tomonlarning hamkorlik aloqalari doiralari belgilandi hamda uning asosida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlik kelishuvlari tayyorlanishiga kelishib olindi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech