Chop etish

Dunyo ayvonida turli notinchliklar, talato’plar yuz berayotgan  bir paytda mamlakatimizda hukm surayotgan tinch-osoyishtalik, inson manfaatlari, yurt taraqqiyoti va farovonligi yo’lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarni qadrlab, har kun, har lahzada shukronalar keltirsak arziydi. Binobarin, Davlatimiz rahbari boshchiligida joylarda o’tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda aniqlangan muammolarning amaldagi ijrosi  umumfarovonlik uchun xizmat qilayotgani, xalqimizga xos qadriyatlar ta’minlanayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilayotgan topshiriq va vazifalar,chiqarilayotgan farmon hamda qarorlar ijrosiga qaratilayotgan e’tibor natijasida davlat hokimiyati organlari vakillari vakillaridan tortib,oddiy aholi  qatlamlarida hayrihohlik va o’zaro  ishonch ortyapti. Turli xil noxush holatlar, jinoyatchiliklar, ajrimlar oldi olinyapti. Voyaga yetmaganlar va yoshlarni huquqbuzarlik,turli yot g’oyalar ta’siridan asrab qolinyapti. To’y va boshqa marosimlar bilan bog’liq ortiqcha  sarf-xarajat va dabdabalarga chek qo’yilyapti, Fuqarolarda oila a’zolar, mahalladoshlar bilan o’zaro bahamjihat, mehr-oqibatda bo’lish, mehnatsevarlik, halollik, yaratuvchanlik, shukronalik kabi ezgu tushunchalar mustahkamlanmoqda, ijtimoiy- ma’naviy muhit yanada sog’lomlashmoqda.

Jumladan viloyat hokimining 2017 yil 6 fevraldagi 55-sonli qaroriga asosan viloyatning shahar va tumanlarida joriy yilning fevral-mart oylarida “Yarashtirish komissiyasi” oyligini o’tkazish hamda 2017 yil 13 fevraldagi 62-sonli qaroriga muvofiq haftaning har payshanba kunlari «Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni» deb e’lon qilindi.

Quvonarlisi shu yuzasidan ishlab chiqilgan aniq reja va chora-tadbirlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar o’zining ijobiy samarasini berayotganligidir.

Ota-ona va farzand, er-xotin, qaynona-kelin, aka-uka, opa-singil, qo’ni-qo’shni, quda-anda o’rtasidagi o’zaro hurmat, mehr-oqibat singari tushunchalari xalqimizga xos azaliy qadriyat. Bunday an’analar bor joyda hamisha halovat, fayzi baraka bo’ladi. Qandaydir sababga ko’ra, arazlashgan, nizoli kishilarni murosaga keltirish, yarashtirish esa eng katta savoblardan hisoblanadi.

Shu o’rinda xotin-qizlar qo’mitalari boshchiligida “Yarashtirish komissiyasi” oyligi doirasidagi ishlar haqida to’xtaladigan bo’lsak, eng avvalo bu bo’yicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Jadval asosida viloyatning shahar va tumanlarda mutaxassislardan iborat mahalla va oilalarda nizolarni bartaraf etishga ko’maklashuvchi ishchi guruhlari shakllantirildi.

Muhimi jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblangan oilalardagi sharoitlar va ijtimoiy-ma’naviy muhitni o’rganish orqali aniqlangan er-xotin, oila-a’zolar, qarindosh, qo’shnilar o’rtasidagi nizoli holatlar bo’yicha sa’yi-harakatlar ijobiy samara beryapti.

Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada barqarorlashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, buning uchun fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga ko’maklashish, oilaviy nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, bu borada oilani yarashtirish kabi namunali ishlarni ommalashtirish, shar’iy nikohga yo’l qo’ymaslik, yosh avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga tayangan holda keng targ’ib etish orqali ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ko’maklashish maqsadida viloyatdagi 770 ta mahalla fuqarolar yig’inlarining har bir ko’chalarida nizoli oilalarni yarashtirish bo’yicha ishchi guruhlari tashkil etildi.

Jumladan, joriy yilning o’tgan davr mobaynida viloyatning shahar va tumanlarida 1625 ta oilalarni yarashtirishga erishildi. O’tgan qisqa vaqt mobaynida esa viloyatimiz bo’yicha o’rganishlar jarayonida aniqlangan oilalarning masalalari MFYlarda muhokama qilindi. Masalan 28 mart kuning o’zida viloyatda 67 ta oila tiklandi.

Asosiysi yuzlab bolalarni oilasiz, ota yoki ona mehrisiz ulg’ayishdan asrab qolindi. Ular tomonidan e’tiborsizlik, tarbiyadagi kamchilik oqibatida sodir etiladigan turli huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldi olindi.

Barchaning ishtirokida o’tayotgan ezgu-savob oyligida Namangan shahridan Madinaxon Hamroeva, Mavjudaxon Abdullaeva, Mohiraxon Qambaralieva yangiqo’rg’onlik Mavluda Nurmatova, Muqaddas Xolmirzaeva, Nozima Xudoyberdieva, Nodira Xasanova, uychilik Mahmuda Murodova, Nodira Uralova, Dildora Izatullaeva,  Muqaddam Jo’raeva,Iroda Yuldasheva kabi yuzlab opa-singillarimizning turmushlari tiklanib, ajrimlarga yo’l qo’yilmadi. Shu orqali xotin-qizlar va farzandlar huquq va manfaatlari himoya qilindi.

Xulosa o’rnida aytish joizki, viloyat hokimining qarori ana shunday natijalarga turtki bo’lishi mahalla va oilalarda tinchlik-xotirjamlikni ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, to’y hamda boshqa marosimlarni ixchamlashtirish borasidagi ishlar uchun yangicha yondoshuv yaratdi.

Viloyat xotin-qizlar qo'mitasi