Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


2017 yilning 28 aprel kuni Moliya vazirligi, Namangan viloyati va Namangan shahri hokimliklari hamda BMTTD loyihasi vakillari Namangan shaxrida, Chexiya Respublikasi amaliyoti asosida xududiy o’rta muddatli byudjetni shakllantirish sohasida ishchi guruh uchrashuvi tashkil etildi.

Namangan shahrida maxalliy byudjetning o’rta muddatli byudjetga o’tish tajribasini tadbiq etishni amalga oshirish 2018-2020 yillarga rejalashtirilgan. Shunday ekan, bu tajriba byudjet tuzilishi va sarflanishini rejalashtirishga, shahar byudjetini shaharni rivojlantirish dasturi bilan bog’lashga sharoit yaratib beradi. Ushbu jarayon davomida moliya boshqaruvi ishchilari uchun o’rta muddatli byudjetni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni va mexanizmini oydinlashtiradigan amaliy qo’llanmalar tayyorlanishi kutilmoqda.

Uchrashuv chog’ida Namangan viloyati hokimi birinchi o’rinbosari Akmalxon Ortiqov byudjet so’rovini tuzilishini tahlil, prognoz va reja asosida ta’minlashni taklif qildi. Shuningdek, byudjet loyixasida nafaqat pul mablag’lari, balki kontingent, ya’ni ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqa sohalarda ishchilar soni, ham belgilanishi ta’kidlab o’tildi. 

Namangan shahar hokimining 2017 yil 20 apreldagi 453 sonli qaroriga muvofiq o’rta muddatli byudjetni amalga oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi, ishchi guruhi va tegishli tadbirlar rejasi ishlab chikildi.

BMTTD qo’shma loyihasi vakillari uchrashuv qatnashchilari bilan ishchi guruhi a’zolari o’rtasida vazifalar taqsimlanishi, Namangan shahrida o’rta muddatli byudjetni amalga oshirish boshqa masalalari bo’yicha atroflicha fikr almashishdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech