Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati qoshidagi "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan 2-5 may kunlari "Kamalak bilimdonlari" ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi o'tkazildi. Namangan viloyati mezbonlik qilgan musobaqalarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 112 nafar 10 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan tashkilot a'zolari ishtirok etishdi.

To'rtta shart bo'yicha 3 kun davomida bellashuv olib borgan ertamiz egalarining is'tedod va iqtidorlariga qoyil qolmay iloji yo'q edi. "Vatan, do'stlik va xalqparvarlik uchun" shiori ostida o'tkazilgan bolalar bayrami davomida ishtirokchilar Namangan shahridagi "Xotira hiyoboni"ga tashrif buyurib "Motamsaro ona" haykali poyiga gulchambar qo'ydilar va #XOTIRAUZ heshtegini ommalashtirish tadbirlarida ham faol ishtirok etdilar.

Tanlovning yakuniga ko'ra Toshkent shahri jamoasi 1-o'rinni, Surxondaryo viloyati vakillari 2-o'rinni egllashdi 3-o'rin mezbonlarga nasib etdi.

Ko'rik tanlov ishtirokchilari va g'oliblar tantanali tarzda diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Temurmalik Vohidov

 

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech